Sodigjanov Jahongirцитирует4 месяца назад
Solih maxdum go‘shtni Nigor oyimning yonig‘a qo‘yub o‘zi zina bilan ayvonga chiqdi.

Maxdum tomonidan Ra’noning tergalishi Nigor oyimni uncha mashg‘ul etmadi. Ammo hozir uning ko‘ngliga kelgan masala erining chiqim vajiga favqulodda yeshilib ketishi edi. To‘g‘ri, Nigor oyimning oshxonasig‘a shuningdek bir necha choraklab go‘shtlar ko‘b kelar edi, faqat eti tomonidan emas. Solih maxdumning jo‘mardlig‘i ko‘pincha yigirma paysa[2] etdan narig‘a oshmas, shunda ham bolalardan mo‘mayroq “ozodliq” kelib qolsa yoki “panjshanbalik” kutkandan ortig‘roq tushsa.

Shuning uchun Nigor oyim bu jo‘mardliq haqini eriga beralmadi:

— Go‘shni ko‘broq olibsizmi… Anvar buyurg‘anmidi? — deb so‘radi.

— Yo‘q, — dedi maxdum sallasini qoziqqa ila-ila, — bir manti qilayliq, — dedim, — manti yeganimizga ko‘b bo‘ldi, vallohi a’lam…
  • Войти или зарегистрироваться, чтобы комментировать