Voqean uch oydan so‘ng, hijratning o‘n birinchi yilida, rab’ul-avvaldan bir kun oldin Hazrat xastalandilar. Ashoblarini jam qilib shu tariqa nasihat qildilar: men dunyodan ketyapman, Qur’onni sizlarning ixtiyorlaringizga qoldirurman.
dunyodan ketyapman, Qur’onni sizlarning ixtiyorlaringizga qoldirurman. Doimo Qur’onga amal qilinglar. Bir-biringizni sevinglar, bir-birlaringizga madad bo‘linglar, aslo ezgu ishlardaya judo
Ular binni Ummiya qabilasidan bo‘lganlari uchun ularni ummaviylar, deb ataganlar. Bu jamoadan o‘n to‘rt nafar kishi navbatma-navbat xalifalik qildilar. Ularning xalifalik davrlari to‘qson yetti yil davom etdi.
Toriq binni Ziyodni ozgina lashkar hamrohligida Andalus ahvolidan xabar olmoqqa yubordi. Toriq bu ozgina lashkar bilan Sabata bo‘g‘ozidan o‘tib, Andalus xokiga keldi. Bo‘g‘oz etagidagi tog‘ etagida to‘xtab, avvalan kemalarga o‘t qo‘yib yoqib yubordi va hamrohlariga aytdiki, endi bizga qaytmoqqa yo‘l qolmadi, g‘ayrat qilingizlar, oldingga yururmiz va ul obod mamlakatni qo‘lga olurmiz. So‘ngra tog‘ etagidagi yo‘ldan yurdilar. Andalus hukmdorlari bilan jang qilib, ularning shaharlarini oldilar. Ushbu tog‘ni hozirga qadar "Jabal-Toriq", ya’ni Toriq tog‘i, deb ataganlar
musulmonlar tarixini qachondan boshlash kerak, degan masala o‘rtaga tushdi. Hazrati Umar bu masala bo‘yicha mashvarat to‘pladilar va maslahat davomida hazrati Ali tarixning boshlanishini Payg‘ambarimizning hijrat qilganlari davridan, ya’ni Muharram oyidan boshlashni taklif qildilar. Bu voqea hijratning o‘n yettinchi yili ro‘y berdi.
Fitna zohir bo‘lishi va hazrati Usmonning o‘ldirilishi
Hazrati Usmon xalifalikka o‘tirgach, hazrati Abu Bakr va Umar tarafidan tayinlangan viloyatlarning aksar voliylarini bekor qilib, ularning o‘rinlariga o‘z qarindoshlaridan tayin qildilar. Hazrati Usmon qarindoshlaridan ba’zilari ularning zamonlarida qora ishlar bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Bunga qo‘shimcha ravishda ushbu voliylar viloyatlarda zulm qilar edilar. Binobarin, musulmonlar hazrati Usmonning bu ishlarini oldingi shartlarga muxolif bilib, unga qarshi chiqdilar va natijada fitna zohir bo‘ldi. Misr, Qo‘fa va Basra xalqi guruh-guruh bo‘lib Madinaga keldi va hazrati Usmonga dediki, siz shartingizga vafo qilmadingiz, endi xalifalikni tark qiling, bizlar boshqa kishini xalifa qilurmiz. Hazrati Usmon qabul qilmadilar. Odamlar xalifaning uyiga hujum qilib, ul janobni shahid qildilar.
Hazrati Ali shahid bo‘lganlaridan so‘ng uning tarafdorlari imom Hasanni xalifa qildilar, lekin imomi Hasan ko‘rdilarki, Muoviya bilan barobar kelib bo‘lmas, xalifalikning bahridan o‘tib, uni Muoviyaga berdilar.
Aytadilarkim, eng avval musulmon bo‘lgan kimsalar — ayollardan Hazrati Xadicha, erkaklardan hazrati Abu Bakr, go‘daklardan hazrati Ali musulmonlikni qabul qilganlar.
Me’roj tunidan boshlab besh vaqt namoz farz bo‘ldi.
Xadicha ul hazratdan juda mamnun bo‘ldilar. Yigirma besh yoshda ekanliklarida Xadichani o‘z nikohlariga oldilar.